Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:08
telegram
AQSh bosh prokurori Rossiyaning “qora ro'yxati”ga tushdi

 17 APREL, 17:20 83

.

Moskva AQSh ma'muriyatining sakkiz nafar yuqori martabali mulozimiga qarshi sanktsiya joriy etdi. Bundan tashqari, Rossiya Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrovning ma'lum qilishicha, amerikalik o'n nafar diplomat Rossiyadan chiqarib yuboriladi. 

Bu choralar AQShning Rossiyaga nisbatan sanktsiyalariga javobdir. «Bizga o'n nafar diplomatning ro'yxati berilib, ularning ketishi so'raldi. Biz bunga xuddi shunday javob qaytaramiz. Rossiyadagi o'n nafar AQSh diplomatiga yurtimizni tark etishni taklif qilamiz», – dedi Lavrov.  

Shuningdek, Rossiya Amerikaning amaldagi va sobiq yuqori martabali mulozimlariga nisbatan sanktsiya joriy etdi. Ular orasida bosh prokuror Merrik Garland, Ichki xavfsizlik vaziri Alexandro Mayorkas, Federal qidiruv byurosi direktori Kristofer Rey, prezidentning ichki siyosat bo'yicha maslahatchisi Syuzan Rays, Milliy razvedka idorasi direktori Evril Xeyns va Federal turmalar byurosi rahbari Maykl Karvaxal bor. Milliy xavfsizlik bo'yicha sobiq prezident maslahatchisi Jon Bolton va Markaziy razvedka boshqarmasining sobiq direktori Robert Vulsining ham Rossiyaga kirishi taqiqlandi. 

Amerikaning Rossiyadagi diplomatik vakolatxonalariga Rossiya va uchinchi davlatlar fuqarolarini ishga qabul qilish amaliyoti to'xtatiladi. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!