Xayirli tun, Guest!
Soat: 01:58
telegram
Ukraina konsuli Aleksandr Sosonyuk Rossiyadan chiqarib yuboriladi

 17 APREL, 16:45 98

.

Ukrainaning Rossiyadagi konsuli Aleksandr Sosonyuk Rossiyadan chiqarib yuboriladi. Bu haqda o'z manbalariga tayanib «Kommersant'» xabar berdi.

Xabar qilinishicha, avvalroq FXX konsulni rossiyalik fuqarodan maxfiy ma'lumot olayotganida qo'lga olgan.

Ukraina tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Oleg Nikolenkoning so'zlariga ko'ra, Aleksandr Sosonyuk bir necha soat ushlab turilgan, u hozirda Ukraina diplomatik muassasasida bo'lib turibdi.

Ukraina tashqi ishlar vaziri o'rinbosari Evgeniy Enin Kiev o'zining Sankt-Peterburgdagi konsuli chiqarib yuborilishiga xuddi shunday javob qaytarilishini aytdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!