Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:30
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Yaponiya O'zbekistonga 195 million dollar miqdorida kredit ajratadi

 16 APREL, 21:40 97

.

Yaponiya O'zbekistonda ijtimoiy-iqtisodiy tiklanish, barqarorlik va barqaror rivojlanishni moliyaviy qo'llab-quvvatlash uchun O'zbekistonga 195 million dollar miqdorida kredit ajratadi.

Tegishli almashinuv yozuvlarini bugun, 16 aprel kuni Yaponiyaning O'zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi Yoshinori Fujiyama va moliya vazirining o'rinbosari Odilbek Isoqov imzoladilar.

Ma'lum qilinishicha, kredit 25 yillik muddatga 7 yillik imtiyozli davr bilan beriladi.

Ushbu kredit O'zbekistonga AQSh dollarida berilgan birinchi kredit hisoblanadi.

«Yaponiya epidemiologik vaziyatni erta hal etish, shuningdek, xalqaro hamjamiyat va iqtisodiyotni tiklash va barqarorligini ta'minlashga ko'maklashishni davom ettirish niyatida»,- deya qayd etiladi bayonotda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!