Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:37
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Amerikaning Indianapolis shahridagi otishmada 8 kishi halok bo'ldi

 16 APREL, 21:00

Amerikaning Indianapolis shahridagi aeroport yaqinida joylashgan FedEx pochta kompaniyasida kechki soat 23 da yuz bergan otishmada 8 kishi halok bo'ldi.

Shuningdek, 7 jabrlanuvchi kasalxonalarga etkazilgan.

Qayd etilishicha, jinoyatchi o'z joniga qasd qilgan, buning sabablari esa hali noma'lum, ish yuzasidan tergov olib borilmoqda.

Indianapolisdagi FedEx pochtasida  4500 dan ortiq kishi ishlaydi. Bu kompaniyaning global tarmog'idagi ikkinchi yirik tarqatish markazidir.

M'lumot uchun, bundan roppa-rosa bir oy oldin, AQShning Djordjiya shtatida uchta massaj salonida sodir bo'lgan ommaviy otishmada jami 8 kishi halok bo'lgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR