Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:21
telegram
18 aprel kuni Toshkentning ma'lum ko'chalarida harakat cheklanadi

 16 APREL, 16:20 89

.

Toshkent shahar hokimligi Matbuot xizatining xabariga ko'ra, duatlon bo'yicha havaskor va professionallar o'rtasida O'zbekiston Ochiq Kubogining birinchi bosqichi o'tkazilishi munosabati bilan poytaxtda 18 aprel kuni soat 07:30 dan 12:30 ga qadar quyidagi ko'chalarda harakatlanish cheklanadi:

1) To'liq yopilish: Zulfiyaxonim ko'chasi – Labzak ko'chasidan (MobiUz ofisi) Nurafshon aylanma yo'ligacha;

2) To'liq yopilish: Nurafshon aylanma yo'li – Zulfiyaxonim ko'chasidan Sharof Rashidov shox ko'chasigacha (Yong'in xavfsizligi boshqarmasi);

3) Ikki taraflama harakatlanish yo'lning bitta qismi bo'ylab tashkil qilinadi: Sharof Rashidov shoh ko'chasi – Osiyo ko'chasidan (Yong'in xavfsizligi boshqarmasi) Abdulla Qodiriy ko'chasigacha (“Jasorat” haykali);

4) Ikki taraflama harakatlanish yo'lning bitta qismi bo'ylab tashkil qilinadi: Abdulla Qodiriy ko'chasi – Sharov Rashidov shoh ko'chasidan (“Jasorat” haykali) Labzak ko'chasigacha (“Anhor-Lokomotiv” bog'i).

"Tirbandliklarning oldini olish uchun haydovchilardan aylanma yo'llardan foydalanishni so'raymiz", – deyiladi xabarda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!