Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:17
telegram
Jo Bayden yana adashdi! U Putinning familiyasini noto'g'ri aytdi

 16 APREL, 14:30 145

.

AQSh prezidenti Jo Bayden Rossiyaga bag'ishlangan chiqishida Vladimir Putinning familiyasini noto'g'ri aytdi, ammo xatosini zudlik bilan to'g'irladi.

“Men, shuningdek, prezident Klutinga… Putinga shuni aniq tushuntirdimki, Qo'shma Shtatlar Evropadagi o'z ittifoqdoshlari va hamkorlarini so'zsiz qo'llab-quvvatlaydi”, – dedi Oq uy rahbari.

Bundan bir necha daqiqa oldin u “eskalatsiya” va “vaktsinatsiya” so'zlarini adashtirib yubordi. “AQSh Rossiya bilan vaktsi… eskalatsiya tsiklini va ziddiyatni boshlamoqchi emas”, – dedi Bayden.

Amerika etakchisi bunday xatolarga tez-tez yo'l qo'yadi. Masalan, mart oyida bo'lib o'tgan matbuot-konferentsiyasida u Kamala Xarrisni AQSh prezidenti deb atagandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!