Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:57
telegram
Antiseptik vositalar bilan qo'llarni yuvsa tahorat buziladimi?

 16 APREL, 12:45 82

.

Hozirgi kunda antiseptik vositalarini tez-tez ishlatishga majbur bo'lyapmiz. Bilamizki uning tarkibida spirt bor. Bu vositalardan foydalanib, keyin namoz o'qishimiz qanchalik to'g'ri? Ushbu savolga O'zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay'ati javob berdi.

«Spirt hozirgi kunda juda ko'p narsalarda qo'llanilmoqda. Dori darmonlarda, tashqi iste'molda ya'ni atir, siyoh va turli bo'yoqlar hamda shokolad, muzqaymoq kabi eguliklarda ham ishlatilyapti. Shulardan savolda so'ralayotgan spirtni tashqi ishlatish ya'ni atir, siyoh va turli bo'yoqlarda ishlatishning hukmiga kelsak, spirtning najosat yoki pokligiga qarab hukm farqlanadi.

Zamonamizning mashhur olimlaridan Muhammad Taqiy Usmoniy hafizahulloh spirtdan foydalanish bo'yicha quyidagilarni ta'kidlaydilar:

«Spirt agar uzum yoki xurmodan olinadigan bo'lsa uni halolligi va pokligiga yo'l yo'q. Boshqa narsalardan olinsa, bu borada Imom Abu Hanifa rahimahullohning mazhablarida davolanish yoki boshqa maqsadlarda foydalanish joiz, modomiki mast qilish darajasiga etmagan bo'lsa... Hozirda dori darmonlar, atirlarga qo'shilayotgan spirt asosan bug'doy, turli po'stloqlar, neft va boshqa narsalardan olinadi».

Yuqoridagi mulohazalarga binoan xurmo va uzumdan boshqa narsalardan olingan spirtdan yoki ana shunday spirt qo'shilgan antiseptik vositalardan foydalanish joiz. Agar qo'lga spirt yoki antiseptik vosita surtilgandan keyin, o'sha joyni imkon qadar yuvib yuborilsa yanada yaxshi bo'ladi», deyiladi axborotda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!