Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:19
telegram
Samarqand shahrida 5 ta yangi tuman tashkil etiladi

 16 APREL, 12:10 103

.

Shavkat Mirziyoev Samarqand shahrini 1 million aholi yashaydigan yirik shaharga aylantirish uchun Samarqand, Past Darg'om, Toyloq va Oqdaryo tumanlari hududidan 18 ming gektar er maydonini qo'shib berish va viloyat ma'muriy markazini Gulobodga ko'chirish bo'yicha Samarqand faollarining takliflarini qo'llab-quvvatlashini bildirdi.

- Samarqand shahrini odamlarga yashash uchun qulay, turistlarga maqbul shahar qilish shart, dedi Prezident. - Shahar kengaygandan keyin mahallalar ko'payadi, infratuzilma shakllantirish zarur.

Boshqaruv tizimini yaxshilash uchun Samarqand shahrida keyinchalik bosqichma bosqich 5 ta: So'g'diyona, Siyob, Bog'ishamol, Maroqand va Qorasuv tumanlari tashkil etiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!