Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:05
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
DXX Andijonda noqonuniy er sotish holatlariga chek qo'ydi

 16 APREL, 12:00 103

.

DXX Andijon viloyati boshqarmasi xodimlari Bosh prokuratura huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish Departamentining hududiy boshqarmasi bilan hamkorlikda er sotish bilan bog'liq bir nechta firibgarlik holatlariga chek qo'ydi.

Xususan, viloyat hokimligi huzuridagi kichik sanoat zonalarini boshqarish direktsiyasi xodimi 2 nafar sherigi bilan o'zaro til biriktirib, mahalliy fuqaroga fermer xo'jaligi tashkil qilishi uchun Xo'jaobod tumani xokimiyatidagi mansabdor tanishlari orqali 100 gektar er ajratib, tegishli hujjatlarni tayyorlatib berish evaziga undan 128 ming AQSh dollari olgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandilar.

Tergovoldi surishtiruv harakatlari davomida mazkur shaxslar o'zlarining bu yordamlari uchun muqaddam avans sifatida 7 ming AQSh dollari olganliklari aniqlandi.

Shuningdek, olgan pullarining 70 ming AQSh dollarini Andijon viloyat Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish bosh boshqarmasida ishlovchi tanishiga berishlari kerakligi ma'lum bo'ldi va tezkor tadbir davom ettirilib, u ham pul olgan vaqtida ushlandi.

Muqaddam Andijon shahar xokimligida kotibiyat mudiri lavozimida ishlagan, bir necha bor sudlangan shaxs mahalliy fuqaroga mansabdor tanishlari orqali viloyat markazidagi Shimoliy kichik sanoat zonasidan 80 sotix er maydoni olib berish va bu borada shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berish evaziga 50 ming AQSh dollari talab qilib, oldindan 20 ming AQSh dollari olgan vaqtida ushlandi.

Yana bir holatda esa Ulug'nor tumanida yashovchi shaxs o'zi rahbarlik qilayotgan fermer xo'jaligining sabzavotchilikka ixtisoslashgan er maydonidan 6 gektarini tuman hokimligida ishlovchi tanishlari orqali mahalliy fuqaro nomiga o'tkazib berish evaziga undan 18 ming AQSh dollari talab qilib, so'ralgan pulni 189 mln so'm ekvivalentida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Viloyat markazida faoliyat yurituvchi MChJ ishchisi mahalliy fuqaroga Andijon shahar Shimoliy kichik sanoat zonasidan 4 sotix er maydonini 7500 AQSh dollariga olib berishini aytib, oldindan 3400 AQSh dollari oladi.

Keyinroq esa Andijon shahar Er tuzish va ko'chmas mulk kadastr bo'limida ishlovchi tanishlari orqali ushbu er maydoni bo'yicha shahar hokimining tegishli qarorini chiqartirib berishini aytib, qolgan 4100 AQSh dollarini olgan vaqtida ushlandi.

Hozirda ushbu shaxslarga nisbatan Jinoyat Kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo'zg'atilgan.

DXX matbuot xizmati

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!