Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:37
telegram
Forishda diniy ekstremizm va terrorizmni targ'ib qilgan fuqaro qo'lga olindi

 16 APREL, 10:50 75

.

Bugungi kunda butun jahon bo'ylab mafkuraviy kurashlar avjga chiqmoqda. Insonlar qalbini zabt etishga urinayotgan diniy-ekstremistik tashkilotlarning asl maqsadi buzg'unchilik ekanligini sog'lom fikrli odamlar allaqachon anglab etganlar. Internet ijtimoiy tarmoqlariga in qurib olgan ba'zi g'alamislar yaltiroq so'zlar bilan ommani chalg'itishga urinmoqda.

Olim Shukurov (maqoladagi ism-familiyalar o'zgartirib berilmoqda) ana shundaylardan biri. U ham ko'r-ko'rona internet tarmog'i orqali jamoat xavfsizligiga tahdid soladigan, aqidaparastlik g'oyalari bilan yo'g'rilgan diniy mazmundagi materiallarni saqlash va tarqatish bilan shug'ullanib kelgan.

Olim Shukurovga tegishli “Galaxy J-7” rusumli telefoni 2021 yil 21 yanvar kuni tekshirib ko'rilganda, ushbu telefon apparati orqali diniy mazmundagi turli ekstremistik va terrorchi guruhlar faoliyatiga xayrixoxlik kayfiyatini uyg'otuvchi va boshqa bir qator aqidaparastlarning g'oyalari bilan yo'g'rilgan ma'ruza va da'vatlarni saqlab kelib, “Telegramm”, “WhatsApp” va “Facebook” tarmoqlari orqali o'zining aloqa ro'yxatida bo'lgan tanishlariga tarqtib kelgan.

Jumladan, uning telefonidagi “Audio” papkasidan 338 dona, “Video” papkasidan 27 dona turli xil video va diniy mazmundagi ma'ruzalar topildi. Olim Shukurov o'z qilmishidan chin ko'ngildan pushaymonda ekani, bunday holat boshqa takrorlanmasligini bayon etib, engillik berishni so'rasada, jinoyat ishlari bo'yicha Forish tuman sudi hukmi bilan unga nisbatan tegishli jazo choralari qo'llanildi.

Xulosa o'rnida aytish joizki, bilimsizlik, kaltabinlik, uzoqni ko'ra bilmaslik tufayli Olim Shukurov yo'ldan adashdi. Endi u ko'zi ochilib, oqu qorani yaxshi ajratadigan bo'lsa ajabmas.

Salim BOTIROV,jinoyat ishlari bo'yicha Forish tuman sudi sudyasi

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!