Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:46
telegram
Toshkentda qarzdorlikni yo'q qilib bermoqchi bo'lgan sobiq gaz xodimi ushlandi

 16 APREL, 10:20 100

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Quyichirchiq tumani bo'limlari tomonidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, “Quyichirchiqtumangaz” gaz ta'minoti sobiq nazoratchisi O. X. fuqaro L.ning ishonchiga kirib, uning yashash xonadonidagi tabiiy gazdan yuzaga kelgan 1,8 mln so'm qarzdorligini yo'q qilish va 300 ming so'm oldindan to'lov sifatida bazaga kiritib berish evaziga 600 ming so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan O.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda.   

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!