Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 07:59
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Sergelidagi yong'in haqida rasmiy ma'lumot berildi

 16 APREL, 09:50

Sergeli tumanidagi ishlab chiqarish ob'ektlaridan birida yuz bergan yong'in haqida ma'lumot berildi.

15 aprel kuni soat 23:08 da Favqulodda vaziyatlar vazirligiga Sergeli tumanida joylashgan polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexida yong'in sodir bo'lganligi to'g'risida xabar kelib tushdi. Voqea joyiga Favqulodda vaziyatlar vazirligining 12 ta yong'in-qutqaruv brigadasi etib keldi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, yong'in taxminan 1000 kvadrat metr maydonni qamrab olgan.

So'nggi xabarlarga ko'ra, polietilen mahsulotlarini ishlab chiqarish tsexidagi yong'in 16 aprel soat 02:05 da o'chirildi. Yong'in sabablari, shuningdek moddiy zarar mutaxassislar tomonidan aniqlanadi.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR