Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:54
telegram
Yaponiyadagi Oyama vulqonining doimiy otilish xavfi mavjud

 15 APREL, 23:05 106

.

Yaponiya sohillari yaqinida joylashgan Miyakedzima vulqonli orolida havo oltingugurtga to'la: oroldagi Oyama vulqonining doimiy otilish xavfi mavjud. 

2000 yilda 3000 ga yaqin mahalliy aholi oroldan evakuatsiya qilingan, ammo 2005 yil yozida ularning aksariyati qaytib kelgan. Bunga vatanparvarlik tuyg'usi emas, balki atrof-muhitning odamlarga ta'sirini o'rganadigan ilmiy fondning qaytib kelganlarga nafaqa to'lashi sabab bo'lgan. Orol aholisi kunning asosiy qismini gaz niqobida o'tkazadi, hatto tantanali marosimlarda ham uni echishmaydi.

Agar erda biror daxshatli virus tarqalganda ham, orol aholisining tirik qolish imkoniyati katta. Chunki oltingugurt bilan to'la havodan so'ng, boshqa viruslar ular uchun qo'rqinchli emas.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!