Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 10:59
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Qurilish vazirining qarindoshlari bilan bog'liq vaziyatni Aksilkorruptsiya agentligi o'rganmoqda

 15 APREL, 18:20

Toshkentda 431 mlrd so'mlik davlat buyurtmasi qurilish vaziri Botir Zokirovga aloqador kompaniyaga tendersiz berilgani ma'lum bo'lgach, Korruptsiyaga qarshi kurashish agentligi bu masalaga munosabat bildirmadi. 15 aprel kungi matbuot anjumanida bu jimlik borasida agentlik rasmiylari izoh berdi.

Savolga javoban agentlik boshqarma boshlig'i Zuhriddin Qodirov bu masala yuzasidan o'rganishlar boshlanganini aytdi.

«Agentlik tomonidan qurilish sohasida, tenderlar va davlat xaridlarida manfaatlar to'qnashuvi va boshqa holatlarni aniqlash bo'yicha doimiy ravishda masofaviy monitoring tadbirlari amalga oshirilyapti.

Qurilish vaziri bilan bog'liq holat yagona holat emas. Faqat respublika miqyosida emas, viloyatlar miqyosida ham ko'p holatlar bor. Bu bo'yicha biz o'rganishlarni davom ettiryapmiz. Har bir holatlar bo'yicha tegishli takliflarimizni manfaatlar idoralarga berganmiz.

Bu masala [Botir Zokirovga taalluqli davlat xaridi] bo'yicha ham o'rganishlar olib borilmoqda. Natijasini albatta jamoatchilikka etkazamiz», – dedi Zuhriddin Qodirov.

Eslatib o'tamiz, «Trest-12» kompaniyasi Mustaqillik maydonidagi 431,5 mlrd so'mlik loyiha pudratchisi sifatida tanlangan. Qurilish vaziri Botir Zokirovning o'g'li va rafiqasi bu kompaniyaning 27 foiziga egalik qiladi.

2019 yilda qurilish vaziri etib tayinlangan Botir Zokirovning o'zi ham ikki yil oldin «Trest-12»ning aktsioneri bo'lgan.

Ma'lum bo'lishicha, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi binosini shu yil yozgacha 16,5 mlrd so'mga ta'mirlash ham shu kompaniyaga tendersiz berilgan. Toshkentda Islom tsivilizatsiyasi markazini qurish bilan ham shu kompaniya shug'ullanmoqda.

«Trest-12» 10 yil ichida 800 mln dollardan qiymatdagi qurilish-ta'mirlash ishlarini bajargani haqida ma'lumotlar bor. Ular orasida davlat buyurtmalari ham anchagina: Vazirlar Mahkamasi, Senat va Moliya vazirligi binolarini ta'mirlash, «Bunyodkor» stadionini qurish shular jumlasidan.

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR