Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:09
telegram
Xamzat Chimaev Ramzan Qodirov bilan sparringga tushgan videosini e'lon qildi

 15 APREL, 18:05 96

.

UFC jangchisi Xamzat Chimaev Checheniston respublikasi prezidenti Ramzan Qodirov bilan sparringga tushgan videosini e'lon qildi.

Chimaev Instagram sahifasidagi video ostida “mashg'ulotlar ChR rahbari nazorati ostida davom etmoqda”, – deb xabar qoldirgan. Chimaev koronavirusdan keyin og'ir asoratlarni o'tkazdi. Kasallik tufayli uning britaniyalik Leon Edvarsga qarshi jangi dastlab qoldirildi, keyinroq umuman bekor qilindi. Sportchining so'zlariga ko'ra, uning o'ng o'pkasi kasallikdan keyin butunlay tuzalmagan.

Chimaevning akasi Artur jangchi karerasini davom ettirishi, faqat bu uchun vaqt kerak ekanini aytgan. Yaqinda Chimaevning agenti Ali Abdul-Aziz uning tez orada qaytishini bildirgan.

2020 yilning 20 sentyabrida jangchi jangning 17 soniyasida Jerald Mershartni nokaut qilib, rekordini 9-0 ga etkazdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!