Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:20
telegram
Qamoqxonadagi Aleksey Navalniy ochlik e'lon qildi

 1 APREL, 10:10 143

.

Qamoqxonada jazo o'tayotgan rossiyalik muxolifatchi Aleksey Navalniy ochlik e'lon qildi. Bu haqda siyosatchining "Tvitter"dagi sahifasida post joylandi.

«Shifokor ko'rigida bo'lishga har bir mahbusning haqqi bor, hatto hech qanday aybim bo'lmagan holda mening ham. Oldimga shifokorlar kirishini talab qilaman, bu talabim qanoatlantirilmaganiga qadar ochlik e'lon qilaman», deb yozilgan Navalniyning "Tvitter"ida.

«Menga tibbiy yordam o'rniga tunda sakkiz martagacha uyquni qochirish ko'rinishida qiynoq qo'llanilmoqda. Faol mahbuslar («kozyollar») esa oddiy mahbuslar mening karavotim atrofini tozalamasligi uchun ularni qo'rqitish bilan band. Bu «kozyollar» bir banka quyiltirilgan sut uchun onasini sotishga tayyor», degan siyosatchi qamoqxona rahbariga yozgan va Instagramda e'lon qilingan murojaatida.

Navalniyning aytishicha, u avval belida, keyin ikki oyog'ida og'riq sezgan, lekin siyosatchiga tibbiy yordam ko'rsatilmagan.

«Mahbuslar nega ochlik e'lon qiladi? Bu savolni faqat mahbus bo'lmaganlar berishi mumkin. Bu erda bo'lganlar biladiki, senga zug'um qilaverishsa, kurashishning boshqa yo'li qolmaydi. Hozir sochim olingan holda qo'limda Injil bilan kravatda yotibman. Nega Injil deysizmi? Chunki uch hafta davomida so'rab-so'rab olganim faqat shu kitob bo'ldi.

Men tibbiy yordamga muhtojman va shusiz menga shifokor yordamini taqdim etishmaydigan ko'rinadi. Belimdagi og'riq avval o'ng oyog'imga, keyin chap oyog'imga o'tdi. Hazil o'z o'rniga, lekin og'riqqa chidash qiyin bo'lyapti. Bunday vaqtda nima qilish mumkin? Ochlik e'lon qildim. Qonundagi talablar ta'minlanishini so'rayman va shifokor oldimga kirishini xohlayman. Xullas, shunaqa gaplar, hozircha och yotibman, shukrki hozircha ikki oyoqda. Sizga esa kasal bo'lmasligingizni tilayman», deb yozgan Navalniy.

2 fevral kuni «Iv Roshe» ishi bo'yicha Navalniyning 3,5 yillik shartli qamoq jazosi rostakam jazoga almashtirilib, siyosatchi jazoni ijro etish koloniyasiga yuborilishi haqida hukm chiqarilgandi. Rossiya prezidenti Vladimir Putinning ashaddiy tanqidchisi hisoblangan Aleksey Navalniy avgust oyida zaharlanish tashxisi bilan kasalxonaga tushgan va Germaniyada davolangandi. Tuzalganidan keyin Rossiyaga qaytgan Navalniy o'sha kuniyoq qo'lga olingan. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!