Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:59
telegram
Dahshat! Tojikistonda ayol avval 3 nafar farzandini, so'ng o'zini osdi

 15 APREL, 15:05 97

.

10 aprel kuni Tojikistonning Panjikent tumani Neknot qishlog'i aholisi Kulak ko'li hududida daraxtlarga osilgan to'rt jasadni topdilar.

Neknot qishlog'ining bir nechta aholisining so'zlariga ko'ra, bu 32 yoshli Shahlo Sharipova va uning uch farzandi – 6 yoshli Muhammadjon, 4 yoshli Shahnoza va 8 oylik Aminaning jasadlari.

Ichki ishlar vazirligining xabarida aytilishicha: "10 aprel kuni 20.12.1988 yilda tug'ilgan, Panjikentning Rudakiy qishlog'ining Neknoti qishlog'ida yashovchi, turmush qurgan, uch farzand ko'rgan fuqaro Sharipova Shahlo oilaviy mojaro tufayli o'zi va bolalarining hayotiga qasd qilgan. U avval farzandlarini, keyin esa o'zini osgan".

Neknot aholisi aytishicha, yosh ayol Dushanbeda tug'ilgan va bir necha yil oldin turmushga chiqqan. Odamlar bir hovlida bir nechta oila yashaganini ta'kidladilar.

Ilgari, bu oilaning barchasi cho'ponlik bilan shug'ullangan, ammo keyinchalik qishloq xo'jaligi bilan shug'ullanishni boshlagan. Shahlo Sharipovaning qaynotasi bir vaqtlar qishloqda Azizpahlavon cho'pon sifatida tanilgan. Mahalla raisining so'zlariga ko'ra, oilada hech qachon jiddiy mojaro yuzaga kelmagan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!