Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:41
telegram
Chilonzorda erkak o'z xotinini pichoqladi. Ayol vafot etdi

 15 APREL, 12:50 100

.

Uchtepa tumani, Chilonzor 26-mavzesidagi uylarning birida istiqomat qiluvchi  G.N. ertayu-kech ikki farzandini boqish, ijara pulini to'lash maqsadida Farxod dehqon bozorida poliz mahsulotlar bilan savdo qilar edi.

 Uning turmush o'rtog'i X.B. ham chilangarlik bilan shug'ullanib, imkon qadar oilasining kam-ko'stini butlashga harakat qildi. Ularning 11 yashar qizlari va 8 yashar o'g'li esa barcha bolalar qatori maktabda ta'lim olishadi. 

Bir qarashda, oddiy o'zbek oilasi. Ammo, nima bo'ldiyu eru-xotin orasiga sovuqchilik tushib ular janjallashib qolishdi.

Kuni-kecha, xususan 11 aprel kuni xonadon boshi fuqaro X. tushlik payti spirtli ichimlik iste'mol qilib, turmush o'rtog'i bilan janjallashib qolishda va “erkak” ojiza ayolning o'ng ko'krak qafasiga pichoq sanchidi.

Endigina 36 bahorni qarshi olgan ona vafot etdi, farzandlar etim qoldi, berahm er esa qamoqqa ravona bo'ladi. 

Uchtepa tuman Ichki ishlar bo'limi mas'ullari ana shu jinoyat sodir etilgan mahallada bo'lishib, qo'ni-qo'shnilar, mahalla faollari bilan mazkur qotillik tafsilotlarini muhokama qilishdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!