Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:52
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Sergeli metrosidagi pornografik jumlani kim yozgan edi?

 15 APREL, 12:35 111

.

Bugun ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent metropolitenining Sergeli filialining –bekat stantsiyasida interval soatlarini ko'rsatib turadigan tabloda o'zbekchilikka to'g'ri kelmaydigan noo'rin so'zlardan iborat yozilgan videolavha tarqaldi.

Ushbu holat qanday yuz berdi? Voqea tafsilotiga aniqlik kiritish maqsadida Zamon.uz muxbiri Munojat Valieva “O'zbekiston temir yo'llari” AJ axborot tahliliy media markazi xodimlari bilan bog'landik.

Aniqlanishicha, voqea 12 aprel kuni soat 16:40 da sodir bo'lgan. Mutasaddilarning aytishicha,tablodagi yozuvlar metro xodimlari tomonidan emas, balki elektron tabloga masofadan bog'lanish funktsiyasi orqali bog'langan holda noma'lum shaxslar tomonidan o'zgartirilgan.

Simsiz Wi-Fi orqali boshqariladigan soat mexanizmiga xakerlar hujum qilgan. Xakerlar soatga o'rnatilgan parolni buzishgan va odobsiz yozuvni qo'yishgan. Ushbu yozuv tezkorlik bilan 4 daqiqa ichida o'chirilgan. Huquqni muhofaza qilish idoralari aybdorlarni qidirmoqda. Ularga nisbatan tegishli choralar ko'riladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!