Assalomu alaykum, Mehmon!
Soat: 22:57
Saytga kirishRo'yxatdan o'tish
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

“Ro'za tutishga qiynaladigan kishi iftorlik qilib berishi kerakmi?”

 15 APREL, 12:00

— Talaba bo'lganim sababli ro'za tutishga qiynalaman. Do'stim: “Ro'za tutishga qiynaladigan kishi iftorlik qilib berishi kerak”, dedi. Agar iftorlik qilib bersam ro'za tutganlik savobini olaman-mi?

— Bismillahir Rohmanir Rohim.  Ro'za tutishga qiynalish ro'za tutmaslikka uzr bo'la olmaydi. Ro'za tutmaslikka ruxsat berilganlar qatorida bemorlar, musofirlar, o'ziga yoki bolasiga zarar etishidan qo'rqadigan homilador va emizikli ayollar zikr qilingan. Alloh taolo bandalarini toqatidan ortiq ishga taklif qilmaydi. Bandalarning toqati etishini bilgani uchun ro'zani farz qilgan.

Do'stlariga iftor qilib berib, ro'za tutmay yursa bo'ladi, degan gap mutlaqo noto'g'ridir. Ro'zadorlarga iftorlik qilib berish savobli amal, farz, vojib emas. Lekin ro'za tutish farzi ayndir! Allohdan yordam so'rab, ro'za tutishni boshlang!

Manba: aniq.uz

butsanet

telegram
BILDIRILGAN FIKRLAR