Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:35
telegram
O'zbekistonda koronavirusga chalinish bo'yicha yana antirekord qayd etildi

 15 APREL, 11:15 87

.

2021 yil 14 aprel holatiga ko'ra, O'zbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 85730 (+227) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining: – 4 nafari Qoraqalpog'iston Respublikasida, – 2 nafari Andijon viloyatida, – 8 nafari Buxoro viloyatida, – 3 nafari Jizzax viloyatida, – 2 nafari Navoiy viloyatida, – 3 nafari Namangan viloyatida, – 25 nafari Samarqand viloyatida, – 3 nafari Sirdaryo viloyatida, – 1 nafari Surxondaryo viloyatida, – 3 nafari Farg'ona viloyatida, – 2 nafari Xorazm viloyatida, – 42 nafari Toshkent viloyatida, – 129 nafari Toshkent shahrida koronavirusga chalingan bemorlar bilan muloqotda bo'lganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Kecha kun davomida: – Qoraqalpog'iston Respublikasida 7 nafari, – Jizzax viloyatida 11 nafar, – Namangan viloyatida 2 nafar, – Samarqand viloyatida 16 nafar, – Surxondaryo viloyatida 1 nafar, – Farg'ona viloyatida 7 nafar, – Xorazm viloyatida 5 nafar, – Toshkent viloyatida 26 nafar, – Toshkent shahrida 123 nafar bemor tuzalib, kasallikdan sog'ayganlar jami 83462 (+198) nafarga etdi va sog'ayish ko'rsatkichi 98 foizni tashkil qilmoqda.

Ayni paytda tibbiyot muassasalarida davolanayotgan 1634 nafar bemordan 229 nafari og'ir, 104 nafari esa o'ta og'ir ahvolda.  

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!