Xayirli tong, Guest!
Soat: 11:10
telegram
Moskva qahvaxonasida mijoz antiseptikdan zaxarlandi

 14 APREL, 22:00 105

.

Moskvaning mashhur Cofix  qahvaxonasida mijozga suv o'rniga antiseptik berildi.

Aniqlanishicha, mehmon bir qultum ichgan va darhol o'zini yomon his qilgan. shundan so'ng, u Sklifosovskiy nomidagi ilmiy-tadqiqot institutida kasalxonaga bir necha kun yotqizilgan. Antiseptik shisha ichiga aynan qanday qilib solib qo'yilgani hali aniq emas.

Ta'kidlanishicha, jabrlanuvchining opasi politsiyaga ariza yozgan, ular qahvaxonada tekshiruv o'tkazishdi.

Ma'lum bo'lishicha, Cofix o'z xatosini tan oldi va «Pod'em» nashriga voqea uchun javobgar xodimlar ishdan chetlatilganligini aytdi.

«Xodimlarning beparvoligi tufayli antiseptik ichimlik suvi idishida tashilgan»,- deya tushuntirdi kompaniya. Ular qahvaxona mehmoniga tibbiy xarajatlarni qoplashni taklif qilganliklarini ta'kidladilar, ammo u bu taklifni rad etgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!