Bugun yana yomg'ir yog'ishi kutilmoqda
1 APREL, 08:10
"O'zgidromet" xabariga ko'ra, ?bugun kunduz kuni O'zbekistonda yog'ingarchiliksiz ob-havo bo'lishi kutilmoqda. ?Faqat Farg'ona vodiysi viloyatlarida ertalab beqaror ob-havo saqlanib turadi, ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi mumkin. Ba'zi joylarga tuman tushishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 5-10° iliq, shimolda 10-15° iliq atrofida bo'ladi.
?Poytaxtimizda havo biroz bulutli bo'ladi, yog'ingarchilik kutilmaydi, Ertalab tuman tushishi mumkin. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Havo harorati 5-7° iliq atrofida bo'ladi.
?Respublikaning tog'li hududlarida ?ba'zi joylarda qor yog'adi, tuman tushishi mumkin. ⚠️Toshkent va Namangan viloyatlarida 1600 m dan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba'zi joylarda 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin. Havo harorati 2° sovuq-3° iliqni tashkil etadi.
Manba: aniq.uz