Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:01
telegram
Sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi

 14 APREL, 20:25 94

.

Fuqarolarning sud-huquq sohasidagi murojaatlariga samarali echim topish uchun yanada qulay sharoit yaratish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Prezident Xalq qabulxonalari, Oliy sud, Sudyalar Oliy Kengashi, Bosh prokuratura, Ichki ishlar vazirligi, Adliya vazirligi hamda Davlat bojxona qo'mitasi rahbar xodimlari ishtirokida joylarda ommaviy qabullar tashkil etiladi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov va Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhlar joriy yilning avgust oyigacha Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida bo'lib, murojaatchilar bilan muloqot o'tkazishadi.

Ommaviy qabullar navbati bilan har bir hududda o'tkaziladi. Navbatdagi qabullar manzili – Andijon va Farg'ona viloyatlari.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti maslahatchisining birinchi o'rinbosari Baxtiyor Islamov rahbarligidagi ishchi guruhi Farg'ona viloyatida, Oliy sud raisi Kozimjon Kamilov rahbarligidagi ishchi guruhi Andijon viloyatida joriy yilning 21-24 aprel kunlari ish olib boradi.

Ommaviy qabullar o'tkaziladigan manzil va sanalar bilan quyida keltirilgan jadval orqali tanishish mumkin.


Sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi


Sud-huquq masalalari bo'yicha ommaviy qabullar o'tkaziladi

Keyingi ommaviy qabullar haqida oldindan ma'lum qilinadi. Qo'shimcha ma'lumotlar yuzasidan O'zbekiston Respublikasi Prezidentining hududlardagi Xalq qabulxonalariga murojaat qilish mumkin.

 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!