Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:44
telegram
Italiyada Turkiya fuqarosi qo'lga olindi. U odam savdosi bilan shug'ullangan

 14 APREL, 19:10 75

.

Italiya politsiyasi Evropada qidiruvga berilgan 33 yoshli Turkiya fuqarosini hibsga oldi. Ushbu shaxs odam savdosi bilan shug'ullangani uchun Gretsiya sudi tomonidan 25 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan edi.

Politsiya tomonidan ismi oshkor qilinmagan mazkur erkak Italiyaning shimoliy Bergamo provintsiyasidagi Orio al Serio aeroportidan Turkiyaga uchib ketmoqchi bo'lganida qo'lga olindi. U hozirda Bergamo qamoqxonasida saqlanmoqda. U odam savdosi va muhojirlarning chegarani noqonuniy tarzda kesib o'tishiga yordam bergandlikda ayblanmoqda.

Ushbu jinoyatchi 2014 yilda Gretsiya sudi tomonidan Turkiya va Gretsiya o'rtasida odam savdosi bilan shug'ullanganlikda aybdor deb topilgan va sud uni hibsga olish uchun buyruq bergandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!