Xayirli kun, Guest!
Soat: 15:20
telegram
Ro'zador odam emlanishi mumkinmi? Shtab a'zosi javobi

 14 APREL, 18:25 84

.

AOKAda o'tkazilgan brifingda Kovid-shtab a'zosi Sevara Ubaydullaeva ushbu savolga javob qaytardi.

«Ro'za tutishda belgilangan talab va amallarni o'rganib chiqsak, imkon qadar bemor odam o'z salomatligini og'irlashtirmasligi uchun ayrim kasalliklarda ro'za tutmasliklari tavsiya etiladi.

Bunday holatlarda, emlash jarayoniga taklif etilgan bo'lsangiz va shifokor ko'ruvida kasallikning o'tkir holati yoki avj olgan davri kechayotgani ayon bo'lsa, bu fuqarolar emlanmaydilar.

Salomatlik ko'rsatkichlari me'yorida bo'lib, o'zini sog'lom deb his qilgan fuqaro ro'zador bo'lib, emlashga taklif etilgan bo'lsa, shifokor uning holatini o'rganib chiqib, xulosa qiladi.

Bunda fuqaro salomatligi sog'lom deb baholanib, emlash tavsiya etilgan bo'lsa, unda emlashdan keyingi davrda — shifokor bilan bog'lanib turishlari kerak. Sababi turli insonlar organizmining vaktsinaga reaktsiyasi turli xil bo'ladi. Shu bois, emlash olganlar shifokor tavsiyalarini bajarishlari talab etiladi», deydi Sevara Ubaydullaeva.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!