Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:05
telegram
«Real» himoyachisida ikkinchi marta koronavirus aniqlandi

 14 APREL, 18:10 132

.

«Real» himoyachisi Serxio Ramos jarohatidan tuzalsa ham, yaqin vaqtlar ichida jamoasiga yordam bera olmaydi.

Ispaniyalik futbolchi koronavirusni aniqlash uchun topshirgan test musbat natija bergan va izolyatsiyaga olingan. Uning holati qandayligiga aniqlik kiritilmagan.

Ramos mart oyi so'ngida chap boldiridan jarohat olgan va qariyb 1 oyga safdan chiqqandi.

Ma'lumot uchun, 35 yoshli futbolchi o'tgan yil martida ham koronavirusga chalingandi.

Avvalroq madridliklarning boshqa bir markaziy himoyachisi – Rafael Varan koronavirusga chalingandi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!