Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:36
telegram
Olti milliarddan ortiq mablag' iste'molchilar foydasiga hal etildi

 14 APREL, 16:45 111

.

Iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasiga 2021 yilning 1-choragida fuqaro (iste'molchi)lardan jami 2889 ta murojaatlar kelib tushgan. Mazkur ariza va shikoyatlarning 2674 tasi ya'ni, 92,6 % ijobiy hal etilishi natijasida iste'molchilar foydasiga jami 6 038 398 926 (olti milliard o'ttiz sakkiz million uch yuz to'qson sakkiz ming to'qqiz yuz yigirma olti) so'm etkazilgan zarar qayta hisob-kitob qilib berilgan.

Federatsiya tomonidan, iste'molchilardan tushgan 14 ta murojaat asosida iste'molchilarning manfaatlarini ko'zlab sud organlariga da'vo arizalari kiritilishi va ijobiy hal etilishi natijasida 179 209 094 (bir yuz etmish to'qqiz million ikki yuz to'qqiz ming to'qson to'rt) so'm moddiy va ma'naviy zararlar iste'molchilar foydasiga qayta hisob-kitob qilinishiga erishilgan.

Iste'molchilarning huquqlari qaysi sohada ko'proq buzildi?

Murojaatlarning 1109 tasi (38,4%) savdo sohasiga; 357 tasi (12,4%) gaz ta'minoti sohasiga; 338 tasi (11,7%) elektr ta'minoti sohasiga; 145 tasi (5,0%) suv ta'minoti sohasiga; 109 tasi (3,8%) kommunal xizmat sohasiga; 31 tasi (1,1%) sog'liqni saqlash sohasiga; 247 tasi (8,5%) xizmat ko'rsatish (servis) sohasiga; 113 tasi (3,9%) transport sohasiga; 117 tasi (4,0%) aloqa (va internet) sohasiga; 323 tasi (11,2%) esa boshqa sohalarga to'g'ri keladi.

Hurmatli iste'molchi, Agarda sizning huquqlaringiz buzilsa 1091 ishonch telefoni va @PotrebitelUz_bot orqali murojaat qilishingiz mumkin.

O'zbekiston iste'molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi Matbuot xizmati

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!