Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:28
telegram
Qarshi davlat universiteti talabasi o'z joniga qasd qildi

 14 APREL, 16:05 85

.

Qarshi davlat universitetining fizika-matematika fakultetida to'lov-kontrakt asosida ikkinchi kursda tahsil olayotgan talaba o'zini osib qo'ydi.

Mazkur holat yuzasidan Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan o'tkazilgan tergovga qadar tekshiruv natijasiga ko'ra, 2021 yil 27 fevral kuni jinoyat ishini qo'zg'atishni rad qilish to'g'risida qaror qabul qilingan.

Ma'lumotlarga ko'ra, talaba qishki sessiya imtihonlaridan o'tolmaganligi va uning imtihondan o'tishi  uchun  o'qituvchi katta miqdorda pora talab qilganligi ko'rsatilgan va aynan shu holat marhumning o'z joniga qasd qilishiga sabab bo'lgan degan tahmin ilgari surilgan. 

Shunga ko'ra, mazkur vajni o'rganish maqsadida Qarshi tumani prokuraturasi tomonidan qo'shimcha tergovga qadar tekshiruv harakatlari o'tkazilmoqda. 

Natijalari haqida qo'shimcha xabar qilinadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!