Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:36
telegram
Mirzo Ulug'bek tumanida ro'y bergan YTH oqibatida mototsiklchi halok bo'ldi

 14 APREL, 15:45 97

.

2021 yil 14 aprel kuni taxminan soat 08:20larda Mirzo Ulug'bek tumani Ziyolilar ko'chasidagi “O'zavtotrans” binosi qarshisida ikkita transport vositasi o'zaro to'qnashgan.

Toshkent shahar IIBB xabariga ko'ra, 33 yoshli Nurlan M. boshqaruvidagi “Nexia” va 30 yoshli Arsen A. boshqaruvidagi “RS200S” mototsiklining to'qnashuvi ro'y bergan.

To'qnashuv oqibatida mototsiklchi badan shikastlari sababli voqea joyida hayotdan ko'z yumdi. 


Mirzo Ulug'bek tumanida ro'y bergan YTH oqibatida mototsiklchi halok bo'ldi

Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, to'qnashuvga engil avtomobil haydovchisi qayta burilish vaqtida harakat ustuvorligiga ega bo'lgan transportni mensimagani sabab bo'lgan.

Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov olib borilmoqda.


Mirzo Ulug'bek tumanida ro'y bergan YTH oqibatida mototsiklchi halok bo'ldi

“Hurmatli haydovchilar! Havo harorati oshayotgani sababli poytaxt yo'llarida ikki g'ildirakli transport vositalarining soni ko'paymoqda. Katta ob'ektlar oqimi orasida ularni o'z vaqtida payqash qiyinroq. Burilish va qayta burilishlar vaqtida e'tiborli va ehtiyot bo'ling: harakatingiz hech kimga xalaqit bermayotganiga ishonch hosil qiling. Moped, skuter, mototsikllar haydovchilaridan ham yo'llarda ehtiyot bo'lishlarini so'raymiz”, deyiladi ma'lumotda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!