Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:22
telegram
Ramazon oyida tug'ilgan farzandlarga qanday ism qo'yish lozim?

 14 APREL, 14:45 92

.

Bu savolga O'zbekiston Musulmonlari idorasi fatvo bo'limi mudiri G'ulomiddin Xolboev shunday javob bergan:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Shariatimizda Ramazonda tug'ilgan bolaga ro'zaga moslab ism qo'yish shartligi haqida ko'rsatma yo'q. Ba'zilarning: «Bola Ramazon oyida tug'ilsa, Ramazon, Ro'zi va Hayit ismini qo'yish kerak» degan va yana shunga o'xshash gaplari asossiz va dinimizga aloqasi yo'qdir. Musulmonchilik an'analariga ko'ra, Alloh taologa bandalik ma'nosini ifodalovchi, payg'ambarlar, sahobalar, allomalar, solih kishilar va taqvoli onalarimizning ismlarini qo'yish maqsadga muvofiqdir.

Unutmaylik, ramazon – Qur'oni karim nozil bo'lgan oy bo'lgani uchun aynan shu oyda Qur'oni karimni ko'proq o'qish tavsiya qilinadi. Zero, Qur'oni karim eng ulug', eng afzal zikrdir. Bundan tashqari tasbih (Subhaanalloh), tahlil (Laa ilaaha illalloh), istig'for (Astag'firulloh), hamd (Alhamdulillah), takbir (Allohu akbar) va Rasululloh sallallohu alayhi vasallamga salavot aytish ham eng afzal zikrlar sanaladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!