Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:55
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Merkel "AstraZeneca" vaktsinasi bilan emlanish uchun ro'yxatdan o'tmadi

 14 APREL, 14:35 95

.

Germaniya kantsleri Angela Merkel ilgari 11 aprel, yakshanba kuniga rejalashtirilgan koronavirusga qarshi emlash uchun ro'yxatdan o'tishni bekor qildi. Bu haqda "Bild" nashri xabar bermoqda.

Bunga Germaniyadagi hukmron partiya — «Xristian-demokratik ittifoqi» yig'ilishi sabab bo'lgan. Manbaga ko'ra, kantsler ushbu tadbirda qatnashishi lozim edi.

Nashrning yozishicha, Merkel sobiq "Berlin-Tempelhof"  aeroporti hududida tashkil etilgan tibbiy markazda emlanishi kerak edi. U "AstraZeneca" (Buyuk Britaniya-Shvetsiya) kompaniyasi vaktsinasi bilan emlanishi rejalashtirilgan edi.

Avvalroq Merkel maxsus tartibda koronavirusga qarshi emlashdan bosh tortgan edi.

30 mart kuni Germaniyada "Vaxzevria“ (”AstraZeneca") vaktsinasi bilan emlanganlarning 30 nafardan ortig'ida miyada tromboz hosil bo'lgani aniqlangani va ulardan to'qqiz nafari hayotdan ko'z yumgani ma'lum qilingan edi.

Avvalroq, Germaniyaning Robert Kox instituti qoshidagi Emlash bo'yicha doimiy komissiya (STIKO) "AstraZeneca“ vaktsinasini qo'llash bo'yicha tavsiyalarini o'zgartirgan edi. Uning xulosasiga ko'ra, preparat faqat 60 yoshdan oshganlarga mo'ljallangan. Komissiyaning fikriga ko'ra, preparat kamdan-kam hollarda emlashdan keyin 4-16 kun ichida tromboz holatlariga olib kelishi mumkin, asosan ushbu yosh chegarasidan past bo'lgan bemorlarda. Shu bois 30 mart kuni Germaniyada ”AstraZeneca" vaktsinasi faqat 60 yoshdan katta odamlar uchun qo'llanilishi ma'lum qilindi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!