Xayirli tun, Guest!
Soat: 23:01
telegram
Ramazon oyida ish vaqti bir soatga kamayadi

 14 APREL, 12:45 104

.

Ingushetiya hukumati Ramazon oyi munosabati bilan respublikada ish kunini qisqartirdi, — deya xabar qildi respublika rahbarining matbuot xizmati.

"Ingushetiya rahbari Mahmud-Ali Kalimatov musulmonlarga Ramazon oyida muqaddas ro'za tutishlari uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan buyruqni imzoladi", — deb xabar beradi Interfaks.

Hujjat ish kunini bir soatga qisqartirishni nazarda tutadi va korxonalar, tashkilotlar va xizmatlarning rahbarlariga muqaddas ro'za oyida elektr energiyasi, gaz, suv ta'minoti va aloqa vositalarining uzluksiz bo'lishi; oziq-ovqat mahsulotlarini sotadigan do'konlar soat 23:00dan oldin yopilmasligi va sotilayotgan mahsulotlar narxini ko'tarmaslikni ta'minlash buyurilgan.

Tranzit transport vositalarining haydovchilari va yo'lovchilari uchun masjidlarda ro'zani ochish uchun sharoitlar yaratiladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!