Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:31
telegram
Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo'yildi

 14 APREL, 11:55 93

.

Qarshi shahrida hojatxonasi sanitar-gigenik talablarga javob bermaydigan metan «zapravka»lar vaqtinchalik gazdan uzib qo'yilgan. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasi Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabar bermoqda.

Ma'lum qilinishicha, Turizmni rivojlantirish davlat qo'mitasining Hududiy bo'linmalar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari M.Hayitova boshchiligidagi respublika ishchi guruhi Qarshi shahridagi yonilg'i quyish shoxobchalarining sanitar-gigenik holatini o'rgangan.

O'rganishlar jarayonida Qarshi shahridan o'tgan davlat ahamiyatidagi A-380 G'uzor – Buxoro – Nukus – Beynov avtomobil yo'li yoqasida joylashgan «Koinot gaz servis» MChJ hamda Xudoyzod mahallasidagi «Osiyo metan» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish stantsiyasi faoliyati vaqtincha to'xtatilgan.


Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo'yildi

Qayd etilishicha, tadbirkorlar Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 21 sentyabrdagi «Yo'l va turizm infratuzilmasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 793-son qarori talablarini qo'pol ravishda buzgan. Ular avvalgi o'rganishlar davomida ko'rsatib o'tilgan kamchiliklarni hanuzgacha bartaraf etmagan. Jumladan, ushbu metan «zapravka»lardagi hojatxonalar belgilangan talablarga umuman javob bermasligi aniqlangan.

Qayd etilishicha, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalarining har ikkalasida ham nogironlar uchun pandus o'rnatilmagan. Hojatxonalar mutlaqo talabga javob bermaydigan ahvolda bo'lgan. Ona-bola xonasi jihozlanmagan. Hojatxonaning nogironlar uchun xonasi eshigi undan aravacha sig'a olmaydigan darajada tor qilingan. Bundan tashqari, «Osiyo metan» MChJga qarashli avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida kanalizatsiya hojatxona yonidan o'tgan zovurga chiqarilgan.


Hojatxonasi talabga javob bermaydigan metan «zapravka»lar gazdan uzib qo'yildi

Ta'kidlanishicha, har ikkala metan «zapravka» egalariga vaziyatni o'nglashgach, gaz ta'minoti qayta tiklab berilishi tushuntirilgan.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!