Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:33
telegram
Saudiya Arabistoni sovg'a qilgan 50 tonna xurmoning taqdiri nima bo'ldi?

 14 APREL, 11:55 103

.

Saudiya Arabistonining Podshoh Salmon nomidagi insonparvarlik yordami markazi Ramazon oyi munosabati bilan sovg'a qilgan 50 tonna xurmo O'zbekiston bo'ylab ehtiyojmand oilalarga ulashilmoqda, deb ma'lum qildi «Vaqf» fondi.


Saudiya Arabistoni sovg'a qilgan 50 tonna xurmoning taqdiri nima bo'ldi?

Foto: «Vaqf» fondi

Fond axborotiga ko'ra, mazkur 50 tonna xurmo sotilmaydi, balki to'laligicha hududiy vakilliklar orqali muhtoj oilalarga tarqatilmoqda.

Avvaliga ushbu xurmolar O'zbekistondagi diniy tashkilotlar, masjidlar va diniy ta'lim muassasalariga xayriya qilinishi rejalashtirilgan edi. «Vaqf» fondi rasmiysi bergan ma'lumotga ko'ra, yakunda mevalarni aholining zaif qatlamlariga taqdim etishga qaror qilingan.

Xabar qilinishicha, xurmolar etim, nogironligi bor, boquvchisini yo'qotgan kabi insonlar yashovchi oilalarga ulashilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!