Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:18
telegram
Bugun yurtimizning ayrim hududlarida biroz yomg'ir yog'ishi mumkin

 14 APREL, 03:05 130

.

«O'zgidromet» 14 aprel, chorshanba kuni kuzatiladigan ob-havo ma'lumotini e'lon qildi.

Unga ko'ra:

Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo'ladi, vaqti-vaqti bilan o'zgarib turadi, kechga borib biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-10 daraja iliq, kunduzi 21-23 daraja iliq bo'ladi.

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Xorazm viloyatida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 22-27 daraja iliq bo'ladi.

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 8-13 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Toshkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, kunning ikkinchi yarmida ba'zi joylarda biroz yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 20-25 daraja iliq bo'ladi.

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli bo'ladi, ba'zi joylarda o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 10-15 daraja iliq, kunduzi 25-30 daraja iliq bo'ladi.

Andijon, Namangan, Farg'ona viloyatlarida havo o'zgarib turadi, yog'ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5-10 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 7-12 daraja iliq, kunduzi 18-23 daraja iliq bo'ladi.

Respublikaning tog'li hududlarida havo o'zgarib turadi, tog' oldi va tog'li hududlarda ba'zi joylarda yomg'ir yog'ishi, momaqaldiroq bo'lishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarida 2000 metrdan yuqorida qor ko'chishi xavfi bor. Shamol sharqdan 7-12 metr/sekund tezlikda esadi. Harorat kechasi 4-9 daraja iliq, kunduzi 10-15 daraja iliq bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!