Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:01
telegram
Chiroqchida kaltaklangan o'qituvchi ishi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi, jazo muqarrarligi ta'minl

 13 APREL, 20:35 100

.

134-umumiy o'rta ta'lim maktabining ingliz tili fani o'qituvchisining kaltaklanganligi holati yuzasidan Chiroqchi tuman IIO FMB huzuridagi tergov bo'limi tomonidan 2021 yil 13 aprel kuni O'zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo'zg'atildi. 

Tergov bo'limi tomonidan aniqlanishicha, Chiroqchi tumani Umakay MFY, Umakay qishlog'ida yashovchi fuqarolar O.J, O.N va X.B. jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimasdan 2021 yil 6 aprel kuni soat 12:30 larda jamoat joyi hisoblangan Chiroqchi tumanida joylashgan 134-sonli umumiy o'rta ta'lim maktab hududida guyoki ukasi, shu maktabdagi 6-“A” sinf o'quvchisi O.Mga asossiz qoniqarsiz ikki baho qo'yganligini bahona qilib, o'zining jismoniy ustunligini ko'rsatib qo'yish maqsadida xech bir sababsiz maktab o'qituvchisining tanasining yuz qismiga bir necha marotaba qasddan urib, bezorilik qilgan.

Hozirgi kunda jinoyat ishi yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.

Shu o'rinda bugungi kunda jamiyatimizda o'qituvchilarning nufuzi va maqomini oshirish davlatimiz siyosatining ustuvor yo'nalishi ekanligini, o'qituvchilarning kasbiy faoliyatiga bu kabi noqonuniy aralashuvlar albatta jazosiz qolmasligini eslatib o'tamiz.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!