logotip
Hi, Guest!
Soat: 05:46
LoginA'zo bo'lish
SAYTDAN QIDIRISH
TAVSIYA QILAMIZ
Yangiliklar tasmasi

Sankt-Peterburgdagi yong'in natijasida o't o'chiruvchi halok bo'ldi

 13 APREL, 20:20

Sankt-Peterburgda «Krasniiy tkach» sobiq zavodi bo'lgan «Nevskaya manufaktura» binosi yonib ketdi. 

Olov tez tarqalib, 10 ming kvadrat metr maydonda 4 qavatni qamrab olgan. Tomi qulab tushgan binodan 40 kishi evakuatsiya qilingan, ulardan ikkitasi kasalxonaga yotqizilgan.

Shuningdek, yong'in yotoqxona joylashgan qo'shni binoga ham tarqalib, u erdan 50 kishi evakuatsiya qilingan. O'chirish uchun 300 ta o't o'chiruvchi va 69 ta texnika yuborilgan.

Yong'in o'chiruvchilarning biri halok bo'lgan, yana ikkitasi og'ir ahvolda kasalxonaga etkazilgan.

Manba: aniq.uz

butsanet

BILDIRILGAN FIKRLAR