Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:41
telegram
O'zbekistonda qariyalar koronavirusga qarshi majburan emlanyaptimi?

 13 APREL, 19:55 85

.

AOKAda 12 aprel kuni bo'lib o'tgan brifingda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining 1-o'rinbosari Botir Qurbonov «Bugun.uz» muxbiriga bergan intervyusida O'zbekistonda qariyalar majburan emlanayotgani haqidagi xabarga izoh berdi.

Uning so'zlariga ko'ra, bu kabi tarqalgan mish-mishlar o'rinsiz. Emlash jarayonlari mutlaqo bepul va ixtiyoriy tarzda amalga oshirilmoqda. Agarda bu kabi noqonuniy holatlarga guvoh bo'linsa, Sog'liqni saqlash vazirligi ishonch telefonlariga murojaat qilish so'raldi.

Shuningdek, mutasaddi hamshiralar qariyalarga in'ektsiyani amalga oshirishdan qo'rqib, to'kib yuborayotgani hamda o'rniga oddiy vitamin qilinayotgani haqidagi xabarga ham izoh berdi. Bu kabi xatti-harakatlarga qonuniy jazo borligini aytib, ogohlantirdi.

«Bunday bo'lishi mumkin emas, vaktsinalar hozirda nihoyatda qadrli bo'lgan bir paytda bunday ishlarni qilish aqlga sig'maydi. Davlat byudjetidan pul ajratilib, chet eldan olib kelingan vaktsinalarni xor qilish holatlari aniqlangudek bo'lsa, qonun oldida javobgarligi bor», — dedi Botir Qurbonov.

Shu bilan birga, u fuqarolarimizdan kasallik to'liq chekingunicha, o'z sog'liklariga e'tiborli bo'lib, tibbiy niqoblarni taqib yurishlarini so'radi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!