Xayirli kun, Guest!
Soat: 13:28
telegram
Endi yoshlarni ishga olgan korxonalar qanday imtiyozlarga ega bo'ladi?

 13 APREL, 17:05 79

.

Ayni vaqtda Prezident ishtirokida yoshlarning bandligi va ularning bo'sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo'yicha videoselektor o'tkazilmoqda.

❗️Yoshlar tadbirkorligini qo'llab-quvvatlash uchun bir necha yangilik joriy qilinmoqda:

➖agar korxona va kompaniyalar yoshlarni ishga qabul qilsa, korxonalarga ushbu xodimlar uchun to'langan ijtimoiy soliq qaytarib beriladi;

➖“yoshlar daftari”ga kirgan talabalar korxona va kompaniyalarda amaliyot o'taganda, ularga 500 ming so'mgacha subsidiya ajratiladi;

➖birinchi marta ishga kirgan kasb-hunar markazlari bitiruvchilari 6 oygacha daromad solig'ini to'lashdan ozod etiladi;

➖“Yoshlar daftari”ga kirgan 5 nafardan ortiq ishsizlar bandligini ta'minlagan tadbirkorlarga davlat mulki ijarasi uchun 50 foizgacha imtiyoz beriladi;

➖xodimlari sonining kamida 70 foizi “yoshlar daftari”ga kirgan yosh tadbirkorlarga davlat mulki auktsionsiz beriladi va ulardan 5 yil davomida ijara haqi undirilmaydi;

➖yoshlarga tadbirkorlik faoliyatiga kerakli asbob-uskunalarni xarid qilish uchun 10 million so'mgacha subsidiyalar beriladi;

➖ijaraga bino olib biznesini boshlayotgan yoshlarga, bir yillik ijara summasining 30 foizigacha qismi qoplab beriladi;

➖“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida sertifikat olgan yoshlarga kompyuterlar xaridi uchun “Mikrokreditbank”, “Aloqabank” va “Xalq banki” imtiyozli kreditlar ajratadi;

➖“yoshlar daftari”ga kiritilgan yoshlarga va mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilariga haydovchilik guvohnomasini olish, bir oylik harbiy xizmatni o'tash xarajatlari byudjetdan to'lab beriladi.

➖“yoshlar daftari”ga kirganlarga, qiziqishidan kelib chiqib, xorijiy tillar va umumta'lim fanlari bo'yicha nodavlat ta'lim tashkilotlarida o'qish xarajatining bir qismi qoplanadi.

➖1 iyuldan boshlab xususiy korxonalarda yangi ish boshlagan xodimlarni  qayta tayyorlash xarajatining 1 million so'mgacha bo'lgan qismiga subsidiya beriladi.

➖yoshlarning professional ta'lim maktablari, texnikumlarda o'qishi uchun to'lanadigan kontrakt summasi daromad solig'idan ozod qilinadi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!