Xayirli tong, Guest!
Soat: 10:38
telegram
Jizzaxdagi restoranda kechqurun mushtlashuv sodir bo'ldi

 13 APREL, 16:40 111

.

Jizzax viloyati. 2021 yilning 10 aprel kuni soat 21:30 larda 25 yoshli J.Shahboz Jizzax shahri “Toshloq” mahallasi hududida joylashgan jamoat joyi hisoblangan “Prim” restoranida tanishlari bilan o'yin-kulgi qilayotgan vaqtida 21 yoshli J.Ziyobek bilan qo'llari bir-biriga tegib ketganligi sababli o'rtalarida o'zaro janjal kelib chiqib, J.Ziyobekni urib do'pposlayotganida uning ushbu bezorilik harakatlarini oldini olish chorasini ko'rgan fuqarolar 21 yoshli S.Sarvar hamda 20 yoshli Q.Ilhomlarga faol qarshilik qilib, ularning tanasini duch kelgan joylariga urib, jarohat etkazgan.

Mazkur holat yuzasidan Jizzax shahri bo'yicha IIO FMB huzuridagi Tergov bo'limi tomonidan J.Shahbozga nisbatan O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi “g” bandi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, protsessual tartibda ushlangan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!