Xayirli kech, Guest!
Soat: 19:57
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Sobiq Pushkin chorrahasi oldidagi yo'l avtomobillar harakati uchun ochildi

 13 APREL, 16:05 89

.

Toshkent shahri Mirzo Ulug'bek tumanidagi Mustaqillik va Parkent ko'chalarini tutashtiruvchi (eski Pushkin chorrahasi) yo'l avtomobillar harakati uchun ochildi. Ushbu yo'l 2015 yil avgustida yopilib, yo'l ustiga maysazor ekilgan edi.

Yo'lning yopilishi Ohangaron shossesidan shahar markaziga qarab harakatlanayotganlar uchun katta noqulayliqlar tug'dirgan va tirbandliklarga sabab bo'lgan edi.

Ilk bor yo'lni ochish to'g'risidagi rejalar yanvar oyida e'lon qilingan edi. Fevral oyi oxirida prezident ushbu yo'lni qurish ishlarini tezlashtirish bo'yicha topshiriq berdi.

Bu erda piyodalar yo'lagi va yo'ldan o'tish yo'laklari, avtomobillarni tartibga soluvchi svetofor va yoritish chiroqlari o'rnatildi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!