Xayirli tun, Guest!
Soat: 03:49
telegram
Mardikor bozorlarida odam ko'p, ammo davlat qurgan "mardikor bozori" bo'm-bo'sh. NEGA?

 13 APREL, 15:40 100

.

Farg'onalik Zohira Tojimatova 15 yildan buyon Qo'yliq bozoridagi ko'prik tagida mardikorlik qiladi.

– Yosh vaqtimda onam vafot etgan. Ona mehriga zorman. Dadam ikkinchi guruh nogironi, – dedi Zohira Tojimatova.

– O'zingizga munosib ish deb o'ylaysizmi shu ishni?

– Yo'q. Nima qilaylik endi, o'g'irlik qilmasam nimasi yomon? Halollab bo'lsa ham lo'lining eshagini so'g'arib pulini ol deyishgan.

Zohira oxirgi marta 2018 yilda yangi kuylak sotib olgan ekan.

Tojixon Qoraboeva ham 56 yoshda. U ham mardikorlik qiladi.

– Bir kunda 50-150 ming so'mgacha topaman, dedi Tojixon Qoraboeva. – “Temir daftar”ga kiritilganman. Yordam berib turishadi. Xo'jaynim bilan oramizda gap-so'z o'tib qolgandan keyin ketib qoldi. Hayotimdan nolimayman, tirikchilik o'tib turibdi, kuch-quvvatimiz bor ekan ishlab yuribmiz.

Bugun yoshiga nomunosib ish bilan shug'ullanadigan Tojixon opaning 4 farzandi bo'lib, ikki nafari baxtsiz hodisa tufayli hayotdan ko'z yumgan ekan.

– Bir o'g'limni “elektroset”ga ishga bergandim. “Elektroset”da ishlab yurgandi, bo'lmay qoldi. Unga ham ko'nikib ketdim. Odamzod boshi toshdan yaralgan ekan, chidaymizda, iloji yo'q. Hammasiga ko'nikib yashab yuribmiz. Biz endi kelib ishlab ketganimiz ham etadi. Yoshlar ko'pi ishsiz. Yoshlar ishli bo'lsa, zora yomon yo'llarga yurishmasmidi?...


Mardikor bozorlarida odam ko

Bundan bir yil oldi Kunlik ishchilar markazi tashkil topganidan ko'pchilikning xabari bor. Bu erga borganimizda hech kimni uchratmadik. Balki ish qidirib kelganlarning barchasi banddir. Ammo Kunlik ishchilar markazining ko'magi bilan emas.

Biz yuqorida suhbatlashgan, kunlik mardikorlik ish bilan shug'ullanadigan ayollardan nega markazga bormasligining sababini so'radik:

Zohira Tojimatova:

“U erda birov qabul ham qilmaydi, sig'dirishmaydi ham. Bir-ikkitasi borgan ekan, bir bu erga “anaqa” qilamiz, ishlasang-ishlamasang pul berasan deb pul so'rashibdi.”

Tojixon Qoraboeva:

“Men bo'sh paytimda kam kelib ketaman. Yosh bo'lganimda borardim.”

Ma'lumotlarga ko'ra, o'tgan yili 300 ga yaqin, joriy yilning shu davrigacha bor-yo'g'i 70 nafardan ortiq fuqarolar Kunlik ishchilar markaziga ish so'rab kelgan. Hayhotdek markazning kutish zali va oshxonasidan bugun biror kishi foydalanmayotganga o'xshaydi.


Mardikor bozorlarida odam ko

– Ish beruvchilar asosan, ko'prikning tagida. Ish beruvchi kirmaydi bu erga, – dedi Yashnobod tumani Kunlik ishchilar markazi direktori Shoxida Nazarova. – Biz ish beruvchini topishimiz kerak. Masalan tadbirkorlar bilan gaplashishimiz kerak. Oddiy odamga ham “uborka”ga ayol kerak, yordamchi kerak. Qanday, oldin fuqarolar bilan gaplashimiz kerakmi? Oldin bazani tashkil qilishimiz kerak.

– Nechi o'ringa mo'ljallangan?

– Buni bilmayman...

– Bilmaysizmi, axir siz rahbarsizku?

– Esimdan chiqib qoldi to'g'risi.


Mardikor bozorlarida odam ko

Markaz direktori bu muammoni bartaraf etish uchun yuqori tashkilotlarga takliflarni bildirganini aytadi:

“Qo'l mehnatlari, tadbirkorlar bilan kelishilgan holda qo'l mehnatlari, shu erda bir kichkina ishlab chiqarishmi tashkil qilmoqchimiz, xudo xohlasa. Ayollarga o'tirib mehnat qiladigan ishni maqsad qilayapmiz.”

Bugun bu ikki qavatli markaz binosi bo'sh va samarasiz. Tez kunlarda bu erda yangilik qilsa bo'ladimi? Buni albatta vaqt ko'rsatadi.

Ruxsora G'ofurova,

Sirojiddin Xoshimjonov (video)

Manba: rost24.uz

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!