Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:47
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Buxoroda tadbirkorning 23,6 mln so'm pulini o'tkazib berish evaziga 2,3 mln so'm olgan mansabdor ush

 13 APREL, 14:35 69

.

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Buxoro viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik sub'ektlarining huquq va manfaatlarini himoya qilish yuzasidan o'tkazilgan tezkor tadbirda, viloyat Uy-joy kommunal xizmat ko'rsatish boshqarmasi Buxoro shahar bo'limi boshlig'i S.X. “A.O.” MChJ rahbarining ishonchiga kirib, shahardagi ko'p qavatli uylarda bajarilgan ta'mirlash ishlari uchun to'lanishi lozim bo'lgan 23,6 mln so'mni jamiyat hisob-raqamiga o'tkazib berish evaziga 2,3 mln so'mni firibgarlik yo'li bilan olgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan S.X.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25,168-moddasi (firibgarlik) va 28,211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilib, tergov harakatlari o'tkazilmoqda. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!