Xayirli kun, Guest!
Soat: 18:57
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
AQShda maktab o'quvchilari zerikishdan uyni yoqib yuborishdi

 12 APREL, 21:20 98

.

Maktab qizlari zerikishdan AQShdagi bo'sh uyni yoqib yuborishdi va videoni ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirganlarida qo'lga tushishgan.

Hodisa Pensilvaniya shtatining Ferndeyl hududida sodir bo'lgan. Politsiya ma'lumotlariga ko'ra, o't qo'yishda 12 yoshdan 14 yoshgacha bo'lgan to'rt nafar o'spirin ishtirok etgan. Ular Snapchat videosi kadrlarida qizlarning qanday qilib olov yoqayotgani aks etgan.

WPXI xabar berishicha, maktab o'quvchilari divanga qutichani qo'yishgan va ichiga yonib turgan qog'oz parchalarini tashlashgan. Bunda ular aerozol qutilaridan, shu jumladan hasharotlar purkagichidan foydalanganlar. O'smirlar olovni «zerikkanliklari sababli» boshlashganini aytishdi,- deydi Ferndeyl politsiyasi boshlig'i Djon Bleyk.

Ta'kidlanishicha, hodisa natijasida politsiyachi va o't o'chiruvchi engil tan jarohati olgan.

Shuningdek, noma'lum shaxs yaqin atrofdagi uyga kirib, matrasni yoqib yuborgan, o'quvchi qizlarni bu yong'inga ham aloqadorligi tekshirilmoqda. Hozir qizlar uylariga qo'yib yuborilgan. 

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!