Xayirli kech, Guest!
Soat: 20:00
Eng sara ajoyib videolar
Yulduzlar Rasmlari (New)
TIK TOKDAGI XIT MUSIQALAR
telegram
Bayonot rad etildi: Xitoyda koronavirusga qarshi vaktsinaning samaradorligi past emas

 12 APREL, 19:40 78

.

Xitoyning kasalliklar tarqalishini nazorat qilish markazi direktori Gao Fu mamlakatda ishlab chiqilgan vaktsinaning samaradorligi haqidagi bayonotni rad etdi. Bu haqda Global Times xabar bermoqda.

U o'zining Xitoy vaktsinalari past samaradorlikka ega ekanini «tan olgani» to'g'risida OAV va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar butkul anglashilmovchilik ekanini aytdi. Ga Fu dunyo koronavirusga birinchi marta duch kelgani sababli o'rganish kerak bo'lgan ko'plab ilmiy masalalar borligini, vaktsina borasida esa muammoga shunchaki ilmiy yondashuvni taklif qilganini ta'kidladi.

«Echish lozim bo'lgan ko'plab ilmiy masalalar bor», – dedi u.

Gao Funing so'zlariga ko'ra, bunday xabarlar u vaktsina samaradorligini oshirish uchun taklif etgan ilmiy yondashuvdan chalg'itadi. U emlash samaradorligini oshirish uchun turli vaktsinalardan foydalanishni taklif qilganini aytdi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!