Xayirli kun, Guest!
Soat: 12:20
telegram
Shtab a'zosi O'zbekistonda «Sputnik V» vaktsinasi bilan emlash qachon boshlanishini aytdi

 12 APREL, 19:05 80

.

Aprel oyining oxiri may oyining boshlarida respublikamizga «Sputnik V» vaktsinasidan ma'lum miqdorda olib kelinadi. Bu haqda AOKAda bo'lib o'tgan brifingda Koronavirusga qarshi kurashish shtabi a'zosi Botir Qurbonov ma'lum qildi.

«Ayni paytda respublikamizda olib borilayotgan emlash jarayonlarida AstraZeneca hamda ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasidan foydalanilmoqda. Bundan tashqari, Sog'liqni saqlash vazirligi hamda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati bilan birgalikda Rossiya Federatsiyasidan «Sputnik V» vaktsinasi xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

«Sputnik V» vaktsinasidan ham aprel oyining oxiri yoki may oyining boshida ma'lum miqdorda olib kelinishi va mamlakatimiz aholisini 3ta vaktsina bilan ham emlashni boshlash ko'zda tutilgan», dedi Botir Qurbonov.

U tibbiyot sohasi, uning rivoji uchun, shifokorlar uchun ajratilayotgan mablag'lar, koronavirusga chalingan bemorlarni davolashga ajratilgan mablag'lar hukumat va prezident tomonidan to'liq nazoratga olinganini ta'kidlab o'tdi.

«Bu maqsadda 3 trillion so'm ajratilgan, har bir shifoxonada shifo va zaxira o'rinlari tashkil qilingan. Hozirda ham koronavirusga chalingan har bir bemorning davolanishi uchun 32 million so'm, og'ir ahvoldagi bemor davolanishi uchun 64 million so'm sarflanadi.

Shuningdek, bugungi kunda yurtimizda koronavirus bemorlari uchun 3 oylik dori vositalari, shaxsiy himoya vositalari, zararsizlantiruvchi vositalar zaxirasi yaratilgan. Favqulodda holatlar uchun zaxira kadrlar ham maxsus tayyorgarlik asosida shay holatda turibdi», dedi u.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!