Xayirli tun, Guest!
Soat: 02:15
telegram
Toshkentda 65 yoshli Ozarbayjon fuqarosi halok bo'ldi

 12 APREL, 17:25 77

.

2021 yil 10 aprel kuni taxminan soat 16.40 da Mirobod tumani Mehrjon ko'chasida (Dilkash kafesi qarshisida) ikkita transport vositalari: 65 yoshli Ozarbayjon Respublikasi fuqarosi Xalik K. ishonchnoma asosida boshqargan «Lacetti» (davlat raqami 01 310 AEA) va 28 yoshli Shoxruh M. ishonchnoma asosida boshqargan «Malibu» (davlat raqami 01 S 710 UA) avtomobillari to'qnashuvi ro'y berdi. Dastlabki ma'lumotlarga ko'ra, to'qnashuvga “Lacetti” haydovchisining belgilanmagan joydan burilib olmoqchi bo'lgani sabab bo'lgan.

YTH oqibatida “Lacetti” yo'lovchisi 63 yoshli Nuroniya V. hamda ikkala avtomobil haydovchilari turli darajadagi badan shikastlari bilan shifoxonaga etkazildilar. Tibbiyot xodimlarining sa'y-harakatlariga qaramasdan, “Lacetti” haydovchisi hayotdan ko'z yumdi. Marhumning yaqinlariga chuqur ta'ziya izhor etamiz.

Mazkur fakt asosida O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266 moddasi 2 qismi bo'yicha jinoiy ish qo'zg'atildi. Tergov olib borilmoqda.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!