Xayirli kun, Guest!
Soat: 14:20
telegram
O'zbekistonga iyul oyiga qadar yana 5,5 mln doza vaktsina keltiriladi

 31 MART, 19:40 123

.

COVAX dasturi doirasida joriy yilning may-iyun oylarida 2 mln doza AstraZeneca, aprel-iyun oylarida esa 3,5 mln doza ZF-UZ-VAK2001 vaktsinalarini O'zbekistonga olib kelish rejalashtirilgan. Bu haqda Sog'liqni saqlash vazirli Abduhakim Hojiboev ma'lum qilgan. 

Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati tomonidan Rossiya Federatsiyasidan 1 million doza Sputnik V vaktsinasi xarid qilish yuzasidan shartnoma imzolanmoqda. 

Shu bilan birga, ayni paytda Farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish agentligi tomonidan yana qo'shimcha AstraZeneca vaktsinasini xarid qilish yuzasidan muzokaralar olib borilmoqda.

Eslatib o'tamiz, 17 mart kuni Toshkentga Covid-19’ga qarshi AstraZeneca (CoviShield ) vaktsinasining birinchi partiyasi - 660 ming doza olib kelingandi. 27 mart kuni Xitoydan yana bir partiya – 1 million doza ZF-UZ-VAC2001 vaktsinasi keltirildi. O'zbekistonda aholini ommaviy emlash jarayoni 2021 yilning aprel oyidan boshlanishi e'lon qilingan. Birinchi galda katta shaharlarda, keyinroq tumanlardagi aholini emlash ishlarini olib borish rejalashtirilgan. Emlash jarayonida AstraZeneca hamda ZF-UZ-VAC2001 vaktsinalarining har ikkalasidan ham foydalaniladi. Aprel oyida birinchi galda Qoraqalpog'iston Respublikasi, viloyatlar markazlari, Toshkent shahri va boshqa katta shaharlarda aholini emlash ishlari boshlanadi. May oyida tumanlar va kichik shaharlar aholisi emlanadi. Qolgan aholi qatlamini emlash esa iyun oyida amalga oshiriladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!