Xayirli tun, Guest!
Soat: 04:16
telegram
Ixtirochi Apple, Samsung va Huawei kompaniyalarini sudga berdi

 12 APREL, 16:35 63

.

Mashhur kompaniyalarni ham sudga berish mumkinmi? Bu qanday sodir bo'lgan, deysizmi? Bu bir uddaburonning nayrangi, deb o'ylasangiz adashasiz. Aslida voqea quyidagicha yuz bergan.

?Rossiyalik muhandis Aleksandr Zemskov Apple, Samsung va Huawei kompaniyalarining Rossiyada joylashgan filiallari ustidan sudga murojaat qildi.

?Gap shundaki, Zemskov qurilma joylashuv joyini ko'rsatuvchi texnologiyani patentlagan va yuqoridagi kompaniyalar uning texnologiyasidan foydalanib, o'z smartfonlarini Rossiya hududiga olib kirib, mualliflik huquqini buzgan, degan vaj bilan sudga da'vo arizasi kiritgan. Ixtirochi ulardan patentga bo'lgan mutlaq huquqni buzganlik uchun tovon puli undirishni talab qilmoqda.

?Zemskov "Ob'ektning hududda joylashgan joyini aniqlash usuli va tizimi" patenti muallifi sanalib, patent 2008 yildan beri Rossiya davlat patent idorasi bazasida mavjud. Ixtiro eng yaqin uyali aloqa tayanch stantsiyasidan elektromagnit nurlanishi haqidagi ma'lumotlar orqali gadjetning joylashuv hududini aniqlashga imkon beradi.

?Patentni ro'yxatdan o'tkazishga bo'lgan ehtiyoj qaerdan paydo bo'ldi, deyishingiz mumkin. Zemskov «Vsevidyashee oko» MChJ Bosh direktori sifatida faoliyat yuritgan. Shunda transport kompaniyalari rahbarlari o'z transport vositalarining qaerdaligini bilishni va ularni nazorat qilish haqida murojaat qilishadi. O'sha paytda, bu faqat GPS texnologiyasi orqali amalga oshirilishi mumkin edi, lekin shunda ham transportni aniqlanish tezligi juda past va garajlar yoki tunnellarda mashinalarni kuzatish iloji yo'q edi. Bir necha yillik izlanish natijasida cheklangan imkoniyatli GPSdan batamom o'zga yangi algoritm paydo bo'ladi. Zemskov uni patentlaydi va geografik xizmatlar ko'rsatadigan kompaniya ochishga qaror qiladi. Bejizga ish bilganga ming tanga, deb aytishmagan ekan.

Nega nizo hozir paydo bo'ldi?

?Patent vakili izoh berganidek, barcha zamonaviy smartfonlar joylashuvini aniqlashning ikkala usuli - ham GPS, ham tayanch stantsiyadan signal qabul qilish qo'llaniladi. "Ixtirochilarning umumiy baxtsizligi - bu ixtirolarini chet elda patentlash uchun moddiy imkoniyatlarning etishmasligi, bundan esa xorijiy kompaniyalar unumli foydalanishadi. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, ma'lum bir mamlakatda ixtiroga ariza berish orqali muallif boshqa mamlakatlarda ariza berish uchun cheklangan muddatga ega va agar u o'tkazib yuborilsa, hech kim hatto ariza topshirgan ixtirochi ham patent ololmaydi. Shuning uchun butun dunyoda ushbu ixtirodan har kim foydalanishi mumkin, ammo Rossiyada foydalanilganda patent egasidan litsenziya olishi kerak", - deydi patent vakili.

Muhandis tovon puli sifatida qancha pul talab qilmoqda

?Masalaning eng qiziq joyi shu bo'lsa kerak. Zemskov Apple, Samsung va Huawei kompaniyalaridan unga har biri smartfondan aniqlangan qoidabuzarlik uchun 10 ming rubldan tovon puli talab qilmoqda. Bu degani agar Apple Rossiya bozoriga 100 ming smartfon olib kirgan bo'lsa, ularning har biridan 10 ming rubldan tovon puli to'lashi kerak degani. Ko'rib turganigizdek, ixtironi patentlash orqali hech qiyinchiliksiz boyib ketish mumkin. Albatta, buning uchun intellektual salohiyatni ishga solish kerak bo'ladi.

Manba: aniq.uz

Yangiliklarni Telegramda o'qing!
Saytimizga a'zo bo'ling va yangilikga Izoh qoldiring!
!